Qoʻgʻirchoqbozlik
Qoʻgʻirchoqbozlik - bir nechta akkauntlardan Vikimedia hamjamiyati tomonidan qabul qilingan amaliyotga zid ravishda foydalanish harakatidir. Foydalanuvchilardan faqat bitta hisob qaydnomasidan foydalanish soʻraladi. Ayrim foydalanuvchilarda qoʻshimcha hisoblarga ega boʻlish holatlari mavjud. Agar foydalanuvchining bir nechta akkauntlari boʻlsa, ular bu akkauntlarni, odatda, bir-biriga havolalarni taqdim etadigan tegishli foydalanuvchi sahifalarida ommaviy ravishda oshkor qilishlarini kutiladi.
Bir nechta hisoblaridan foydalanilganda:
- jamoaviy munozaralarda (munozara sahifalari, ovozlar sahifalari va h.k.) bir kishi, bir ovoz tamoyilini chetlab oʻtish.
- Akkaunt chetlatilgan boʻlsa, boshqa akkauntdan foydalanish.
Hamjamiyatlar bir nechta hisob yozuvlaridan foydalanishning maqbul yoki nomaqbul holatlarini koʻrib chiqish uchun koʻplab aniq qoidalarga ega boʻlishi mumkin. Garchi Vikimedia hamjamiyatida "bir kishi - bir ovoz" tamoyili jamoa ishtirokining asosi boʻlishi kerak degan umumiy qarash mavjud bo‘lsa-da, bu masalada turli yondashuvlar mavjud.
Umuman olganda, qoʻgʻirchoqbozlik muammosi har bir Vikimedia hamjamiyati uchun alohida masala boʻlsa-da, baʼzida bu masala Vikimedia hamjamiyatlari doirasida universal tarzda qabul qilinishi mumkin. Vaziyat va jiddiyligiga qarab, har bir hamjamiyat global chetlashtirish va/yoki mahalliy chetlashtirish chorasini tatbiq qilishi mumkin.
Muqobil hisoblardan nomaqbul maqsadlarda foydalanish
- Vandalizm yoki bir nechta akkauntlardan nomaqbul harakatlar qilish.
- Qoʻllab-quvvatlash illyuziyasini yaratish: Muqobil hisoblar mavjud boʻlganidan koʻra koʻproq status olishni qoʻllab-quvvatlaganlik taassurotini qoldirish uchun foydalanilmasligi kerak.
Yana qarang
- Vikipediya:Qoʻgʻirchoq
- Shu mavzuga aloqador boʻlgan barcha loyihalarga havolalar berilgan Vikimaʼlumotlar elementi