Interfeys administratorlari

This page is a translated version of the page Interface administrators and the translation is 100% complete.
Shortcuts:
IA,
Interfaceadmin,
INTADMIN

Interfeys administratorlari sayt boʻylab CSS va JS sahifalarni (masalan, MediaWiki:Common.js, MediaWiki:Vector.css, yarim-tayyor HTML sifatida talqin qilinadigan interfeys xabarlari yoki Special:Gadgets roʻyxatidagi gadjet sahifalari) va boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy CSS/JS sahifalari. JS va CSS sahifalari tahrirchilar tomonidan oʻzgartirilishi mumkin. Undan kontent uslubini oʻzgartirish, sahifalar harakatini oʻzgartirish, hatto wikEd kabi juda murakkab vositalarni yaratish uchun foydalanish mumkin.

Boshqa foydalanuvchilarning brauzerlarida bajariladigan CSS/JS sahifalarini tahrirlash vandal foydalanuvchilarga mumkin emas. Interfeys administratolari ishonchli, hech boʻlmaganda CSS va JS haqida tushunchaga ega, Wikimedia loyihalarining maxfiylik talablaridan xabardor va hisob xavfsizligini yaxshi tushunadigan (kuchli noyob parollarni tanlay biladigan) foydalanuvchilardan boʻlishi kerak. Faol boʻlmagan foydalanuvchilarning interfeys administrator huquqlarini olib tashlash tavsiya etiladi. Kichik vikilarda JavaScriptni oʻqiy oladigan kamida ikki nafar foydalanuvchi boʻlishi shart.

Interfeys administratorlari, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy JSON sahifalarini va MediaWiki nomfazosidagi barcha sahifalarni tahrirlashi mumkin. Bu imkoniyatlar boshqa foydalanuvchi guruhlari bilan bir qatorda turadi.

Soʻrovlar

  • Joriy interfeys administratorlari roʻyxatini tegishli sahifaga oʻtish orqali koʻrishingiz mumkin.
  • Agar vikida interfeys administratorlari boʻlmasa, CSS/JS sahifasini tahrirlash kabi interfeys administratori „yordamiga“ soʻrovlar ushbu sahifada amalga oshirilishi kerak.
  • Agar vikida rasmiyatchi boʻlmasa, interfeys administratori statusi uchun soʻrovlar tegishli soʻrov sahifasi orqali amalga oshirilishi kerak.

Yana qarang