Vikimedianing hududiy boʻlimlari/Tashkil etish qo‘llanmasi/Ustav bo‘yicha ko‘rsatmalar

This page is a translated version of the page Wikimedia chapters/Creation guide/Bylaw Guidelines and the translation is 100% complete.

Nizom nima?

Bylaw Resource Video

Nizom tashkiliy faoliyatni tartibga soluvchi yozma qoidalar to‘plamidir. U odatda tashkilotning rasmiy nomi, vazifasi, a’zolik talablari, boshqaruv tuzilmasi, lavozimlar va ularga tegishli mas’uliyatlar, shuningdek, idora va yig‘ilishlarning o‘tkazilish tartibi hamda shartlarini o‘z ichiga oladi.

Nizom guruhning ahamiyatini oshirishda, shuningdek, oʻz faoliyatida qoida talablariga muvofiqligini ta’minlashda va barqaror rivojlanishni kafolatlashda asosiy yo‘riqnoma vazifasini ham oʻtaydi.

Nizomlar standart operatsion tartib-qoidalar emas, chunki standart operatsion tartib-qoidalar kundalik faoliyatni boshqarishga qaratilgan bo‘lib, nizomlardagi kabi qonuniy kuchga ega emas.

Tashkilot nima uchun ichki nizomga ega bo‘lishi kerak?

Oldinga qoʻyilgan oliy vazifaga sodiqlikni ta’minlash yoki tashkilotni shu vazifaga muvofiq shakllantirish maqsadida ichki nizom ishlab chiqiladi. Bu nizom guruhning samarali faoliyat yuritishiga, amaliyotda shaffoflik hamda keng qamrovlilikni ta’minlashga yordam beradi.

Nizomlar qachon yozilishi kerak?

Foydalanuvchi guruhlari yoki tashkilotning rasmiy tuzilma darajasiga kengayish va rivojlanish jarayonida foydalanuvchi guruh o‘zining nizomini ishlab chiqishi va uni tasdiqlash uchun Aʼzolik qo‘mitasiga taqdim etishi zarur. Foydalanuvchi guruh o‘z faoliyatini tartibga solish maqsadida ham o‘z nizomlarini yaratishlari mumkin. Foydalanuvchilar guruhlariga oid nizomlar uchun qo‘mita tasdiqlovini olishlari shart emas, biroq nizomlar umumiy ko‘rsatmalarga mos kelishi lozim.

Nizomni qanday yozish kerak?

Aʼzolar uchun nizom ular rioya qilishi shart bo‘lgan huquqiy hujjat sanaladi. Nizomning ayrim bo‘limlari mahalliy qonunlarga qarab farqlanishi mumkin, biroq ular Vikimedia tamoyillari va qadriyatlariga mos kelishi shart. Vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi yoki yangilanishi mumkin bo‘lgan siyosiy yoki baʼzi tartib-qoidalarni nizomga kiritmaslik tavsiya etiladi. Aʼzolik qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanishi uchun umumiy ko‘rsatmalar sifatida nizomda quyidagi bandlar boʻlishi lozim:

  • Huquqiy holat bayonnomasi: Har bir guruh o‘z mahalliy yurisdiksiyasidagi qonunlarga muvofiq qonuniy, notijorat tashkilot ekanligini e’lon qilishi va tashkilotning faoliyati hamda mablag‘lari boshqaruv a’zolari yoki xodimlarning shaxsiy manfaati yo‘lida ishlatilmasligini kafolatlashi shart.
  • Guruhning vazifasi: Ariza beruvchi guruhning vazifasi mintaqaviy nuqtayi nazar hamda talablaridan kelib chiqib farqlanishi mumkin bo‘lsa-da, ustavlar keng qamrovli Vikimedia vazifasiga mos kelishi kerak. Bu guruh vazifasi keng bayon etilgan boʻlishi yoki uni bilvosita muhokama qilish orqali shakllantirish mumkin.
  • Keng qamrovlilik: Guruh hamma uchun ochiq bo‘lishi va a’zolik jarayonida jins, irq va boshqa belgilarga ko‘ra hech qanday kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi shart. Biroq, ma’muriy a’zolik talablarini belgilovchi ichki nizom ishlab chiqilishi ham mumkin. A’zolikka qabul qilishda ayrim cheklovlar yoki istisnolar mavjud bo‘lishi mumkin, ammo bu cheklov va istisnolar asosli, iloji boricha tor doirada va aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, guruh a’zosini chiqarib tashlash jarayoni va shartlari ham aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • Hamkorlik tuzilmasi va a’zolarning huquqlari: Nizomlar umumiy forum a’zolari, vasiylik kengashi va rais yoki ijrochi direktori rollarini va huquqlarini aniq belgilab berishi kerak. Bo‘lim yoki tashkilotning uch bosqichi o‘rtasidagi vakolatlar taqsimoti nizomlarda aniq ko‘rsatilishi lozim. Bu nizomlar mintaqaviy talablarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, ushbu tuzilmani asoslovchi hujjat taqdim etilishi zarur.
  • Kengash tuzilishi: Kengash tarkibi ustavda aniq aks ettirilishi zarur. Odatda, kengash a’zolari soni tashkilot a’zolarining umumiy soniga mutanosib bo‘lishi kerakligi talab etiladi. Bundan tashqari, kengash a’zolarini saylash tartibi, saylov muddati va xizmat muddati qoidalari aniq tarzda ko‘rsatilishi lozim. Kengash a’zolari orasida ovoz berishning umumiy qoidasi ham aniq belgilanishi zarur. Bo‘lim va tashkilot faoliyati haqida xabar berish uchun mas’ul etib tayinlangan aloqa uchun javobgar shaxslar ustavda koʻrsatilishi kerak. Agar bo‘lim yoki tashkilotda taftish komissiyasi mavjud bo‘lsa, uning vakolatlari va taftish o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilishi lozim.
  • Yig‘ilish shartlari: Ustav hujjatlarida qayd etilishi lozim bo‘lgan yana bir muhim masala bu yig‘ilish shartlaridir. A’zolar va boshqaruv a’zolari uchun yig‘ilish talablari aniq belgilangan boʻlishi kerak. Har qanday holatda yig‘ilishni e’lon qilish tartibi va e’lon qilishning muqobil usullari ustav hujjatlarida ko‘rsatilishi shart.
  • Saylovlar: Bo‘lim yoki tashkilotning qaror qabul qilish jarayonida saylovlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular muhim masalalarni hal etish uchun kerakli. Saylov jarayoni va qoidalari nizomda batafsil bayon etilishi shart. Nizomda „bir shaxs - bir ovoz“ tamoyili aniq ko‘rsatilishi va unga qat’iy rioya qilinishi lozim. Bu qoidalar nafaqat umumiy forum a’zolariga, balki boshqaruv kengashi a’zolari va raisga ham bir xil tarzda tatbiq etilishi shart.
  • Vakillik: Nizom mahalliy qonunchilikka muvofiq xilma-xillik va gender tenglik vakilligini ta’minlashi shart. Turli hududlarda xilma-xillik sezilarli darajada farqlanishi mumkin, ammo umumiy a’zolik, boshqaruv kengashi va rahbariyatda adolatli vakillik talabiga rioya qilish majburiy hisoblanadi. Bu talablar so‘zsiz bajarilishi lozim.
  • Xulq-atvor qoidalari: Xulq-atvor kodeksi ustav sahifasida aniq tarzda koʻrsatilgan boʻlishi shart. Ijobiy va salbiy faoliyatlar, shuningdek, a’zoning chetlashtirilishiga olib keladigan xatti-harakatlar aniq ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Unutmang, barcha Vikimedia boʻlimlari „Umumiy axloq-odob kodeksi“ga rioya qilishlari shart.

Nizomlarning umumiy talablari bu yerda keltirilgan boʻlib, uni shakllantirishda e’tibordan chetda qoldirmasligingiz kerak bo‘lgan ayrim jihatlar bor.