Movement Strategy/Recommendations/Identify Topics for Impact/uz

This page is a translated version of the page Movement Strategy/Recommendations/Identify Topics for Impact and the translation is 100% complete.
Taʼsir koʻrsatuvchi mavzularni aniqlang

What

Ushbu tavsiya haqida qisqacha video

Say-harakatlarimiz istalgan vaqtda Vikimediya loyihalaridagi kontentlardan foydalanish yoki ushbu loyihalarda ishtirok etish istagida boʻlganlar uchun foydali boʻlishiga umid qilamiz. Biroq, biz hozirgacha bularning qay darajada foyda berishini bilmaymiz yoki buni baholovchi dastur yoki qurilmaga ega emasmiz. Bizda dunyo boʻyicha qaysi mavzular qiziqarli va odamlar uchun koʻproq kerakli ekanligini aniqlovchi vosita yoʻq. Strategik yoʻnalish kuch va imtiyoz tuzilmalari sabab tarixan chetda qolib ketgan tarkibga kirishni rivojlantirish va kengaytirish zaruratini belgilaydi. Shuningdek, sezilarli darajada taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa sohalar ham bor. Masalan, insoniyat va uning kelajagi bilan bogʻliq asosiy mavzulardagi tarkib. Ulardan biri BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari.

Vikimedia loyihalari haqida oʻylayotganda, biz tarkibimizni nafaqat son, balki taʼsir jihatidan ham baholaymiz. Shu bilan birga, Vikimediyachilarning oʻz manfaatlariga muvofiq hissa qoʻshish erkinligini hurmat qilamiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, hayotimizga taʼsir qiladigan va insonlar hayotini yaxshilaydigan jamoaviy belgilangan ustuvor mavzularni yoritishni takomillashtirishni ragʻbatlantiramiz. Bizning loyihalarimiz mavzular boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar orqali olingan bilimlarga, manbalarga asoslanib kontent yaratish va ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan saʼy-harakatlardan foyda koʻradi.

Changes and Actions

  • Kontentimizdan qay tartibda foydalanishni oʻrganing hamda kontentning qamrovi, sifati va tekshirilishi, jamoatchilik ishonchi, ularning kirish imkoniyatini baholagan holda kontentimizni tushunishga harakat qiling. Bu bizga Vikimedia kontentining insonlar hayotini yaxshilashga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan turli xil usullarni yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
  • Bizning loyihalarimiz jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan tahdidlarni (masalan, notoʻgʻri maʼlumotlar, dezinformatsiyalar yoki firib berishlar) aniqlash orqali qanday qilib notoʻgʻri foydalanilishi yoki suisteʼmol qilinishi mumkinligini tushuning.
  • Dunyoga va bilim oluvchilarga katta taʼsir koʻrsatadigan mavzularni aniqlash uchun tadqiqot va tahlillarni oʻtkazing va ularni qoʻllab-quvvatlang.
    • Buning uchun tarkibni tahlil qilish vositalarini ishlab chiqish, harakatning manfaatdor tomonlari oʻrtasidagi taʼsir haqida umumiy tushunchani yaratish va maxsus tarafdorlar bilan munosabatlarni rivojlantirish talab etiladi.
    • Loyihalar, tarafdorlar va mahalliy jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilish orqali ularning tajribasidan foydalaning, shuningdek, ularning avtonomiyasi va mustaqilligini taʼminlash bilan birga mavzularni xaritalashtiring.
  • Har bir loyiha koʻrsatmalari doirasida istalgan mavzuga hissa qoʻshishni xohlagan istalgan shaxsni qarshi olishdek uzoq yillik tamoyillarimizni hurmat qilgan holda, koʻproq hayotimizga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan mavzular tarkibidagi boʻshliqlarni toʻldirishdek tashabbuskor ishlarni amalga oshiring va bunda manbalarga alohida ahamiyat bering. Bu kabi foydali ishlar jamoat tashabbuslari, targʻibot ishlari, stipendiyalar, grantlar va boshqa moliyalashtirish ishlari, bundan tashqari hamkorlik va sunʼiy intellekt hamda mashinalarni oʻrganish kabi texnologik jihatdan asosli metodologiyalarni kiritish kabilarni oʻz ichiga oladi.
  • Masalan, mintaqaviy va tematik markazlar yoki boshqa narsalar orqali kontent yaratish, muharrirlar va kontent mavjud boʻlmagan joylarda ham (yoki kontent noxolis ekanligi maʼlum boʻlsa) sifatli va xolis yozish imkoniyatlarini yaratish tarafdori boʼling.

Rationale

Eskidan eʼtibordan chetda qolib ketgan maʼlumotlarni joylashga harakat qilmasdan turib bilim darajasini rivojlantirish imkonsiz. Agar bu diqqat markazimizda boʻlsa, yangi kontentlar yaratilishiga va foydalanuvchilarning koʻpayishiga katta turtki boʻladi. Insonlar biz kiritayotgan bilimlarga qay darajada muhtojligini anglamasdan turib, maʼlumotlarimizni imkon qadar ochiq, tushunarli va ular uchun foydali qilib yaratishimiz mushkul. Shu sababli, turli xildagi kerakli kontentlarni tadqiq qilish va ularni jamoatchilik eʼtiboriga havola etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz turli tematik sohalar yoki mavzularga qaratilgan tashabbuslarni bir-biri bilan solishtira olmaymiz. Biroq, bilamizki, baʼzi mavzular maʼlumot oluvchilar uchun koʻproq shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlishi mumkin va bu ularning hayotida va har qanday vaziyatida ijobiy ishlarni amala oshirishda nafaqat oʻzlari uchun, balki katta auditoriya uchun ham foydalidir. Baʼzi kontentlar odamlarga bevosita taʼsir koʻrsatadigan narsalar haqida tushuncha berish uchun zarur boʻlgan mavzular bilan bogʻliq. Masalan, saylovlar paytida nomzodning tarjimai holi yoki tabiiy ofat paytida talofat koʻrgan hudud. Kontentning taʼsirliligi va dolzarbligiga eʼtibor qaratmaslik bepul bilim salohiyatini pasaytiradi va bu oʻz-oʻzidan say-harakatimizning barqarorligiga taʼsir qilishi mumkin.