Movement Strategy/Recommendations/Invest in Skills and Leadership Development/uz
What
Biz harakatimizdagi jismoniy shaxslar, tashkilotlarga va harakatning farovonligi va rivojlanishi uchun muhim boʻlgan texnik yordam va insoniy koʻnikmalarni oshirishda koʻmaklashayotgan qator hamkorlarimizga sarmoya kiritamiz. Anʼanaviy malaka oshirishni global muvofiqlashtirish bilan birlashtirib, jamoalar bir-biri bilan bilim almashishi, mavjud tajribalarga tayanishi hamda onlayn va oflayn faoliyat uchun mavjud koʻnikmalarni oshirishi orqali amalga oshiramiz. Bu faoliyatlar qatoriga boshqa tildagi vikilarni tahrirlash va ularda faol bo'lish, jamoatchilik bilan aloqa qilish, yangi foydalanuvchilarga yordamlashish, volontyorlarni boshqarish, himoya qilish va davlat siyosati, nizolarni hal qilish, hamkorlikni rivojlantirish, mablag‘ yig‘ish, tashkiliy jarayonlarni rivojlantirish, loyihalarni boshqarish, kommunikatsiyalar va boshqalar kiradi.
Biz Harakatni strategik yoʻnalishga oʻzgartirish uchun zarur boʻladigan koʻnikmalarni rivojlantirish maqsadini koʻzlagan holda jismoniy shaxslarga sarmoya kiritamiz. Shu bilan birga, global hamjamiyatlarning xilma-xilligini aks ettiruvchi, har xil muhitdan kelib chiqqan, ishonchli, yaxshi maʼlumotga ega, ijtimoiy va texnik jihatdan malakali shaxslar tomonidan qurilgan Harakatni tasavvur qilamiz. Iqtidorlilik va yetakchilikni rivojlantirishga sarmoya kiritish bizga Harakatimizning kelajagini oʻylagan holda uni yanada kengaytirish va barqarorlashtirish imkonini beradi.
Changes and Actions
- Mahalliy hamjamiyatlar, ularning aʼzolari va tashkilotlari uchun malaka oshirishga tizimli, global yondashuvni yaratish. Bu bizdan quyidagilarni talab qiladi:
- Shaxs maʼlumotlari va ehtiyojlarining kataloglarini tizimlashtirish, tabiiy ehtiyojlar asosida malaka oshirish tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun jamlangan maʼlumotlarni ishlab chiqaradigan metodologiyani yaratish.
- Oʻqitish va oʻrganish koʻnikmalari uchun Harakat boʻylab tengdoshlarni bir-biri bilan bogʻlashni/mutanosiblikni osonlashtiradigan xizmatni yaratish (masalan. tengdoshlar bilan tanishish, tarmoq yaratish, hamkorlar va ittifoqchilar maʼlumotlarini birlashtirish).
- Treninglar, murabbiylik, konsalting, onlayn taʼlim, tengdoshlarni qoʻllab-quvvatlash va boshqa tadbirlarni oʻz ichiga olgan turli usullarni targʻib qilish.
- Isteʼdodni tan olish orqali uni yanada rivojlantirish (onlayn va oflayn) uchun ragʻbatlantirish metodini ishlab chiqish (masalan, oddiy znachok va nishonlar orqali).
- Tizimli, global miqyosda muvofiqlashtirilgan yetakchilikni rivojlantirish rejasini yaratish. Bu bizdan quyidagilarni talab qiladi:
- Har bir kontekstda zarur boʻlgan koʻnikmalarga muvofiq yetakchilikni anglash va modellashtirish jarayonini yaratish.
- Potentsial liderlarni aniqlashda jamoalarni qoʻllab-quvvatlaydigan mavjud koʻngillilar ishtirokiga asoslangan vositalar yoki jarayonlardan foydalanish.
- Tajriba almashish orqali Harakatni diversifikatsiya qilish va boyitish maqsadida boshqa jamoalarning potentsial yetakchilarini taklif qilish.
- Insonlarga oʻz jamoalariga munosib ravishda yetakchilik koʻnikmalarini egallashga imkon berish uchun mahalliy va mintaqaviy miqyosda treninglar tashkil qilish (onlayn yoki yuzma-yuz).
- Oʻz-oʻzini boshqarishni kontekstli ravishda ragʻbatlantiradigan va jamoalarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun subsidiarlikni taʼminlaydigan oʻrinlar va koʻnikmalar sxemasini yaratish.
- Funksional, hamkorlikdagi, real vaqt vositalari va sifatli kontent orqali oʻrganish koʻnikmalarini oshiradigan yangi yoki mavjud texnologik infratuzilmalarga sarmoya kiritish. Bu quyidagilarni talab qiladi:
- Oʻquv manbalarini joylash uchun foydalanuvchilarga qulay, qidirib topish oson boʻlgan, koʻp tilli, koʻp formatli platformalar toʻplami (masalan, darsliklar, videolar, onlayn treninglar va hokazo).
- Bizning amaliyotimiz va rollarimiz doirasida oʻz-oʻzini bilgan holda koʻnikmalarni rivojlantirishga koʻmaklashish bilan birga Harakatda ishtirok etuvchi shaxslar va tashkilotlar uchun oʻquv manbalari yaratish (masalan, oʻquv toʻplamlari).
- Wikimedia Harakatlar strategiyasi tavsiyalarida koʻrib chiqilgan masshtablilik, barqarorlik va boshqa sohalar bilan bogʻliq muammolarni tushunish uchun oʻquv paketlari talab qilinadi.
Taʼlim mazmuni sifatini baholash, maʼlumotlarni global va mahalliy darajada uzatilishini osonlashtirish tartib-qoidalari.
Rationale
Yaxshi uyushtirilgan va tashkil qilingan loyihalar hamda guruhlar Harakatimizdagi manbalardan boshqalarga qaraganda koʻproq foydalanish imkoniyatiga ega. Lingvistik, texnologik, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa toʻsiqlar koʻplab manfaatdor tomonlarning asosiy imkoniyatlar va manbalardan foydalanishiga toʻsqinlik qiladi. Ilgari trening mavzulari har doim ham jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlanmagan va salohiyatni oshirish uchun koʻplab tajribadan oʻtgan usullar, foydali amaliyotlar Harakatimizda qoʻllanilmagan. Harakatimizdagi shaxslar va tashkilotlarga tegishli maʼlumotlarning aksariyati boshqa joylardagi hamkasblarimiz manfaati uchun foydalanilishi cheklangan; mentorlik, murabbiylik, onlayn taʼlim va tashqi kompetentsiyalardan unumli foydalanilmaydi.
Koʻnikmalarni rivojlantirish ham egallangan ichki bilimlarni boshqarishning asosiy masalalaridan biridir. Bugungi kunga qadar MetaWiki platformasi har kimga yuqori sifatli oʻquv materiallaridan foydalanish, oʻzaro bilim almashish va bir-birini qoʻllab-quvvatlash uchun Harakat ichidagi tengdoshlar orasida aloqa oʻrnatishda samarali boʻlmadi. Odatda yangi foydalanuvchilar oʻrganish davomida koʻplab qiyinchiliklarga duch kelishadi. Soʻng koʻpincha tushkunlikka tushib, qoʻl siltab ketishadi. Tajribali Vikimediachilar esa oʻz hissalarini koʻpaytirishda yoki tajribalarini boshqalar bilan boʻlishishda na ragʻbatlantiriladi va na biror bir vakolatga ega boʻladi. Manfaatdor tomonlar esa koʻpincha mavjud imkoniyatlar bilan tanishish, ulardan foydalanish va oʻz vakolatlarini ishga solish oʻrniga ishni qayta yaratishga majbur boʻlishadi.
Rahbarlik koʻnikmalari dunyo miqyosida xilma-xillikni ifodalovchi Harakatni yaratishning kalitidir. Turli hududlarda va muhitlarda faol ishtirok etuvchi odamlar oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy muhitlarida nima yaxshi ishlashini biladilar. Bu esa oʻz navbatida jamoaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, hozirgacha biz koʻngilli yetakchilar jamoasini rivojlantirish uchun rasmiy ravishda oʻquv dasturlariga sarmoya kiritmaganmiz. Bu narsa ham Harakatda masʼuliyatli lavozimlarni egallashda tensizlikni kuchaytiradi, ham kam vakillik guruhlardan boʻlganlar uchun oʻz ustida ishlash qiyin kechadi. Yangi rahbarlar Harakatimizga sogʻlom muhitni olib kelishi, boshqaruvning bir necha qoʻllarda toʻplanishiga yoʻl qoʻymasligi, horib shunchaki tashlab ketish muammolarining oldini olishi va umumiy xilma-xilligimizni yaxshiroq ifodalashi ehtimoli katta.