Hamjamiyat strategiyasi/Tavsiyalar

This page is a translated version of the page Movement Strategy/Recommendations and the translation is 93% complete.
Wikimedia 2030 Hamjamiyat strategiyasi boʻyicha tavsiyalar.

10 Recommendations

2017-yilga kelib, Hamjamiyat kelajak sari yo‘naltirib turuvchi strategik yo‘nalish yaratiladi: 2030-yilga borib, Wikimedia erkin bilim ekotizimining muhim infratuzilmasiga aylanadi va bizning bu missiyamizga qoʻshilishni istagini bildirgan har bir kishi unga qo‘shilish imkoniga ega boʻladi.

Ikki yillik davr mobaynida Hamjamiyatimiz ochiqlik prinsipi asosida koʻngilli ishtirokchilarni bir joyga toʻplab, bu borada qanday faoliyat yuritish mumkinligini muhokama qilib olishdi. Natijada, Hamjamiyatimiz oʻz kelajagini birgalikda yaratishga imkon beradigan tarkibiy va tizimli oʻzgarishlarni taklif qiluvchi asosiy tamoyillar toʻplami vujudga keldi. Ular qanday qilib barqaror va inklyuziv tarzda oʻsishimiz mumkinligini koʻrsatib beradi. Shuningdek, ular yangi imkoniyatlardan unumli foydalanish va bugungi hamda ertangi kunning muammolarini hal qilish yo‘llarini taqdim etadi. Ular qanday qilib bilim tengligini vujudga keltirish va bilimga xizmat yoʻlida qanday intilishimiz mumkinligini koʻrsatib beradilar. Shunday qilib, har bir kishi - bizning Harakatimizga aʼzo boʻlganlar va qoʻshilishni istovchilar - bepul bilimlarni qoʻlga kiritish, almashish va ulardan foydalanish imkoniyatini yuzaga chiqarishda muhim rol oʻynashlari mumkin.

Quyidagilar tavsiya etiladiː

Hamjamiyatimizning barqaror faoliyat olib borishini taʼminlang. Koʻnikmalar hamda yetakchi kadrlar yetishib chiqishi uchun sarmoya sarflang.
Foydalanuvchi tajribasini yaxshilab borilishiga eʼtibor bering. Ichki bilim va koʻnikmalarning boshqaruvini yoʻlga qoʻyish.
Xavfsizlik taʼminlash orqali ishtirok etilishini taʼminlanishi. Taʼsiri kuchli boʻlgan mavzularni aniqlash.
Qaror qabul qilinishida oʻzaro tenglikning taʼminlanishi. Erkin bilim vujudga kelishida turli innovatsiyalardan foydalanish.
Tomonlar oʻrtasidagi manfaatlarni muvofiqlashtirish. Baholash, yangilash va moslashtirish.

40 dan ortiq tashabbuslar.

 
Visual presentation of the initiatives.

Har bir tavsiyalar turli boʻlimlarga boʻlingan boʻlib, biz ularni umumiy qilib „tashabbuslar“ deb nomlaymiz. Bular biz Hamjamiyatlar boʻylab birgalikda harakat qilishimiz kerak boʻlgan faoliyat sohalaridir. Bu ishlarning bir qismini muvofiqlashtirib borish kerak boʻladi. Ulardan baʼzilari mahalliylashtirilgan kontekstlarda sodir boʻlishi lozim. Bularning barchasi odamlardan birgalikda faoliyat olib borish kerakligini talab qiladi. Shunday ekan, bizga albatta qoʻshiling! Tashabbuslarni chuqurroq oʻrganish uchun esa pastdagi link ustiga bosingː bunga

Taklif va tavsiyalarni qanday oʻqish kerak

Keyingi sahifalarda siz oʻzgartirish boʻyicha 10 ta tavsiya, 10 ta yetakchi tamoyil va oʻzgarishdan iborat harakat strategiyasi hujjatining yakuniy versiyasini topishingiz mumkin. Bu tavsiyalar qanday bogʻlanganligini va umuman olganda, unda bizning strategik yoʻnalishimizga moslashishga yordam berish uchun ishlab chiqilganligini koʻrish mumkin. Shuningdek, asosiy atamalarning lugʻati va hujjatning xulosasi mavjud. Tavsiyalarning oldingi versiyasi va ushbu yakuniy versiyasi oʻrtasida qanday oʻzgarish borligini bilish uchun oʻzgartirish jurnalini koʻrib chiqing.

Keyingi tavsiyalar nima va qanday oʻzgarishlar, harakatlar hamda ularning asoslari boʻyicha maxsus formatda tuzilgan. Aniqlangan ehtiyoj yoki intilishning strategik yoʻnalishi nima; oʻzgarishlar, harakatlar qanday maqsadga erishish uchun ishlab chiqilishi kabi kerakli natijalar koʻrsatiladi. Mantiqiy asos 2030-yilgacha boʻlgan strategik yoʻnalish sari harakatlanishimizga yordam berish uchun nima uchun oʻzgarishlar va harakatlar zarurligi haqida maʼlumot va baʼzi sabablarni oʻz ichiga oladi. Ushbu tavsiyalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini toʻldiradi. Ular muhimlik yoki ustuvorlikning nazarda tutilgan tartibida taqdim etilmaydi.

Hamjamiyat tomonidan berilgan tavsiyalar

 Increase the Sustainability of Our MovementImprove User ExperienceProvide for Safety and InclusionEnsure Equity in Decision-makingCoordinate Across StakeholdersInvest in Skills and Leadership DevelopmentManage Internal KnowledgeIdentify Topics for ImpactInnovate in Free KnowledgeEvaluate, Iterate, and Adapt

Ushbu kontent deyarli ikki yillik jarayon davomida butun dunyo boʻylab 100 ga yaqin Wikimediachilar, jumladan, koʻngillilar, guruhlar va Wikimedia jamgʻarmasi xodimlari va boshqaruv kengashi aʼzolari hamda ittifoqchi tashkilotlar vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu har bir qoralama iteratsiyasi boʻyicha oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadigan Wikimediachilar bilan onlayn va shaxsan muhokamalar natijasida shakllantirilgan. Bu Hamjamiyatni qamrab olgan, ishtirokchilar saʼy-harakatlarining natijasidir. Ushbu kontentni yaratishga kim hissa qoʻshgani borasida batafsil maʼlumot oling.

Ushbu kontentni boshqa formatda koʻrishni xohlaysizmi?

Biz tavsiyalarni oʻqilishi, tinglanishi hamda oʻrganilishining turli usullarini yaratdik:

Farqlilik boʻyicha ishchi guruh aʼzosi va yozuv guruhi aʼzosi Marc Miquel-Ribé ham tavsiyalar qanday ishlab chiqilgani va ularni shakllantirgan gʻoyalar haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. intervyu (ingliz tilida).