Ukraina madaniy diplomatiyasi oyligi 2025

This page is a translated version of the page Ukraine's Cultural Diplomacy Month 2025 and the translation is 100% complete.

Ukraina madaniy diplomatiyasi oyligi 2025  

[Ijtimoiy tarmoqlar: #UCDMonth] • [Bu yerga havola: ucdm.wikimedia.org.ua]    



Vikipediyada Ukraina madaniyatini yoritishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan tanlovga xush kelibsiz!
  • Tanlov haqida: Bu Ukrainada yashovchilar va ukrain madaniyati haqida Vikipediyaning turli til boʻlimlarida maqolalar yaratish va mavjud maqolalarni yaxshilash boʻyicha tanlov. Oʻzingiz istagan tilga oʻgirishingiz mumkin boʻlgan maqolalar roʻyxati tanlov tashkilotchilari tomonidan tayyorlab qoʻyilgan. Tanlovning eng faol ishtirokchilari sovrinlarni qoʻlga kiritadilar.
  • Oʻtkazilish muddati: Maqolalar yozish boʻyicha tanlov 00:01, 14 aprel 2025 (UTC) da boshlanib, 23:59, 16 may 2025 (UTC) da yakunlanadi.
  • Qatnashish bosqichlari: Bor-yoʻgʻi toʻrt qadam: tarjima yoki toʻldirish uchun maqolani tanlang → qilingan ish uchun ballarni qoʻlga kiriting → imkon boricha koʻproq ball yigʻishga harakat qiling → qoʻshgan hissangiz uchun yutuqni qoʻlga kiriting!
  • Kimlar qatnasha olishi haqida: Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har qanday foydalanuvchi Ukraina madaniyatiga oid maqolalarni istalgan tilga oʻgirishi mumkin. Tanlovda qatnashishingizni tasdiqlash uchun, qatnashchilar roʻyxatiga oʻz foydalanuvchi sahifangizni qoʻshing.
  • Tanlovning maqsadi: Har bir mavzuga aloqador hali yozilmagan maqolalar koʻp. Ushbu tanlov yordamida biz ukrainaliklar uchun muhim boʻlgan madaniy hodisalar haqidagi maqolalar holatini yaxshilash va bu bilan oʻquvchilarimizni yuqori sifatli maqolalar bilan taʼminlashni maqsad qilganmiz. Ushbu tanlov Vikimedia Ukraina tashkiloti, Ukraina instituti va Ukraina tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.
Avvalgi tanlovlar